Xitoyning Xunan provinsiyasida yuk mashinasi dafn marosimiga kelib urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi va 17 kishi jabrlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Shaoyan uyezdining Xuantan qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Kamida to‘rt nafar jarohatlanganning holati og‘ir ekanligi bildirilmoqda.
Hozirda rasmiylar voqea tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda. Yuk avtomobili haydovchisi hibsga olingan.
Izoh (0)