IShID dala komandirlaridan biri bo‘lgan Mohir al-Bilaviy AQSh kuchlari tomonidan 25-may, chorshanba kuni Iroqning Al-Falluja shahri yaqinida berilgan aviazarba natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda polkovnik Stiv Uorren ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
Uorrenga ko‘ra, Al-Fallujada operatsiya boshlanganidan beri xalqaro koalitsiya 40 ga yaqin aviazarba berdi va buning natijasida 70 ga yaqin IShID jangarisi o‘ldirildi.
Ma’lumot uchun, Al-Falluja IShID tomonidan 2014-yilda bosib olingan Iroqdagi ilk shahar bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)