Mourinyo “MYu” bosh murabbiyi etib tayinlanishi munosabati bilan Instagram’da ilk xabarini chop etdi
Portugaliyalik mutaxassis, Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasiga murabbiy etib tayinlangan Joze Mourinyo Instagram’dagi birinchi xabarini qoldirdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Mourinyo jamoa bilan imzolangan shartnomaning fotosuratini chop etib, uning ostida “‘Manchester Yunayted’. ‘Old Trafford’. Orzu teatri”, degan xabar qoldirdi.
53 yoshli mutaxassisning shartnomasi uch yilga mo‘ljallangan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar