Suriyaning Lazqiya viloyatida joylashgan Tartus va Jabla shaharlarida kecha, 23-may kuni sodir bo‘lgan teraktlar qurbonlari soni 154 kishini tashkil etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq qurbonlar soni 101 kishi deb ko‘rsatilgan edi. Suriya rasmiy matbuotida bu ko‘rsatkich 78 dan oshmagani aytilmoqda.
Halok bo‘lganlarning sakkiz nafari bolalardir. 200 kishi turli darajadagi jarohatlar oldi.
Kecha umumiy hisobda to‘qqizta portlash sodir etildi.
Reuters axborotiga ko‘ra, portlashlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)