9to5mac insayderlari iPhone 7 korpuslarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qoliplarning yangi chizma va fotosuratlarini taqdim etdi. Ular smartfon uchun ilgari taxmin qilingan dizaynni tasdiqlaydi, deb xabar bermoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Fotosuratlarda smartfon korpuslarini yaratishda qo‘llanadigan alyuminiy shakllar taqdim etildi. Ular kerakli shaklgacha qayralgan metall bo‘laklaridan iboratdir.
Shakllar uskunaning o‘lchami va unsurlar joylashuvini ko‘rsatadi. Jumladan, smartfonlar dizayni kichikroq o‘zgarishlariga uchrashi ma’lum bo‘ldi — antenna qo‘shimchasi gadjetning yoniga ko‘chadi, 3,5 millimetrli ulagich olib tashlanadi, iPhone 7 Plus’da esa, 6s Plus’dan farqli ravishda, kamera ikkilangan bo‘ladi.
Uskunalar o‘lchamlari eski avlodlarga uyg‘un bo‘ladi, ekran diagonallari — 4,7 va 5,5 dyuym.
Bir necha kun ilgari iPhone 7’ning ilk “jonli” surati e’lon qilingan edi.
Izoh (0)