Alyaskaning Ferbanks shahrida ijtimoiy moslashish reabilitatsiya markazidan qochib ketgan Joshua Yaska boshqa qamalganlarga ozodlikka chiqishga yordam berish uchun yuk mashinasida qaytib keldi. So‘ngra yana qochib ketdi. Bu haqda, Alaska Dispatch News ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, 20 yoshli mahbus birinchi marta markazdan velosipedda qochgan. Biroq u uch soatdan so‘ng boshqa qamalganlarni chiqarish uchun muassasaga qaytib kelgan. Yaska yuk mashinasida binoga bostirib kirishga uringan, keyin yana yashiringan.
Politsiya va markaz xodimlari qochoqlarni to‘xtatish huquqiga ega emas, biroq shundan so‘ng ularga qochish aybi e’lon qilinadi. Hozirgi paytda Joshuaning qayerda ekanligi noma’lum bo‘lib, u qidirilmoqda.
Izoh (0)