“Sevilya” bosh murabbiyi Unai Emeri “Barselona”ga qarshi (0:2) Ispaniya Kubogi final uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Mening jamoam yaxshi kurash olib bordi. Bir kishi ko‘p bo‘lib qolganimizda, to‘p nazoratini o‘z qo‘limizga olishga harakat qildik. Biz ham, raqib ham buning uddasidan chiqdi. Asosiy vaqtda har ikki jamoada gol urish imkoniyati bor edi. Ikkinchi bo‘limda ikkita yaxshi vaziyatga ega bo‘ldik, ammo, so‘nggi pallada bizga tetiklik yetishmadi. ‘Sevilya’ning Yevropa Ligasi finalidan so‘ng ushbu o‘yinini munosib baholash mumkin. Golli vaziyatlardan foydalanganimizda yutishimiz mumkin edi, biroq ‘Barselona’ g‘alabani istagan vaqtda ilib ketishi mumkin”, – dedi Unai Emeri.Mavzuga doir
×
Izoh (0)