Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Sherzod Matiyev rahbarligidagi Bosh prokuratura delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tajriba almashish doirasida tashrifi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

XXR Oliy xalq prokuraturasida Bosh prokuror Sao Szyanmin bilan bo‘lgan uchrashuvda ikki mamlakat prokuratura organlarining faoliyatiga doir dolzarb masalalar, shuningdek, idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy sud-huquq tizimini isloh qilish, shu jumladan prokuratura faoliyatini takomillashtirish, prokurorlar mustaqilligining kafolatlarini oshirish va ularni ixtisoslashtirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

XXR Bosh prokurori axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasiga alohida to‘xtalib, Xitoy prokuratura organlarida so‘nggi yillarda AKTning faol rivojlanishi faoliyat ochiqligini ta’minlash, tahlil samaradorligini oshirish, jinoyat ishlari bo‘yicha tergov va ayblov salohiyatini yaxshilashga yordam berib, prokurorlar faoliyatini baholashga imkon yaratganini ta’kidlab o‘tdi.

Delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Pekin va Shandun provinsiyasi prokuraturalarida ham uchrashuvlar o‘tkazilib, operatsion (situatsion) markaz, prokurorlar davlat institutining Shandun filiali, shuningdek Shandun provinsiyasi prokuraturasining kriminalistik ekspertiza markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda