Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Internetga hamma joyda ulanish imkoniyati yer shari aholisining 7 foiziga (500 million kishi) nochorlik chegarasini bosib o‘tishga hamda jahon yalpi ichki mahsulotini 6,7 trillion dollarga oshirishga yordam beradi. Bu haqda Strategy& tadqiqotlariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Facebook kompaniyasi uchun amalga oshirilgan tadqiqot chog‘ida o‘n yillik davr ichidagi 120 ta mamlakatga tegishli ma’lumotlar tahlil qilib chiqildi. Tadqiqot natijalari rivojlanayotgan mamlakatlardan internet foydalanuvchilari soni o‘sib borishi bilan veb-makon qay tariqa o‘zgarishi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Ta’kidlanishicha, internet foydalanuvchilari soni o‘sishi sekinlashishi natijasida 4,1 milliard kishi zamonaviy iqtisodiyotdan xabardor emas, ular unga 6,7 trillion dollarga yaqin mablag‘ keltirishi mumkin edi.

Hisobotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, rivojlangan iqtisodiyotga ega mamlakatlarning har bitta  internet foydalanuvchisiga rivojlanayotgan mamlakatlarning beshtadan foydalanuvchisi to‘g‘ri kelgan vaqtda internetga umumiy ulanish imkoniyati global darajada ta’minlanadi.

Agar internetga ulanish narxi qariyb 70 foizga tushsa, sayyora aholisining 80 foizi unga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Firmalar yoki abonentlar (masalan, ta’lim markazlari) moliyalashtirayotgan onlayn aloqa butun dunyo bo‘ylab yana 500 million foydalanuvchini jalb qila oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)
Mahalliy
Nogiron fuqaroning bo‘yniga zanjir bog‘langani aks etgan video yuzasidan izoh berildi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda