Osiyo futbol konfederatsiyasi 13–30-oktabr kunlari Bahraynda bo‘lib o‘tadigan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining taqvimini tasdiqladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
Bahrayn mezbonlik qiladigan mazkur U-19 Osiyo chempionati bahslari 13-oktabr kuni “A” guruhidagi ikki uchrashuv bilan start oladi. Unda, mezbon – Bahrayn yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni yoshlariga qarshi maydonga tushsa, yana bir uchrashuvda Tailand Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynaydi.
Ushbu Osiyo chempionatida Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi qur’a natijasiga ko‘ra “D” guruhidan joy olgan. O‘zbekistonlik futbolchilar turnirdagi ishtirokini 15-oktabr kuni, guruh bosqichining ilk turida Tojikiston yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda O‘zbekiston yoshlari Avstraliyaga qarshi, guruh bosqichi so‘nggi turida esa Xitoyga qarshi o‘ynaydi.
Ma’lumot o‘rnida, musobaqa o‘yinlari Khalifa Sport City Stadium hamda Bahrain National Stadium stadionlarida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruh bosqichi uchrashuvlarini Khalifa Sport City Stadium’da o‘tkazadi.
Quyida O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi joy olgan “D” guruhidagi o‘yinlar taqvimi keltirilgan.
U-19 Osiyo chempionati
“D” guruhi1-tur, 15-oktabr
O‘zbekiston U-19 – Tojikiston U-19 (Toshkent vaqti bilan soat 18:30)
Xitoy U-19 – Avstraliya U-19 (21:30)
2-tur, 18-oktabr
Tojikiston U-19 – Xitoy U-19 (18:30)
Avstraliya – O‘zbekiston U-19 (21:30)
3-tur, 21-oktabr
O‘zbekiston U-19 – Xitoy U-19 (21:30)
Avstraliya U-19 – Tojikiston U-19 (21:30)
Izoh (0)