Rossiyalik sayohatchi fotoblogerlar — Murad va Natalya Osman tomonidan tayyorlangan #FollowMeTo (“Ortimdan ergash”) fotoloyihasi 2015-yilda butun dunyoga mashhur bo‘lib ketgan edi.
Sirli qiz qallig‘ining qo‘lidan tutib, uni o‘z ortidan ergashtirib ketayotgani holatini ko‘plab sevishganlar takrorlashga uringan edi.
Tayvanlik dizayner Forrest Lu va uning xotini Agnes Chen boshqacharoq yo‘ldan borib, Gavayi orollariga uyushtirgan sayohati davomida #FollowMeTo’ning parodiya ko‘rinishini tayyorladi.
Suratlarda Agnes o‘z erini sochidan, qulog‘idan va, hatto, burnidan tortib ketayotgani ko‘rish mumkin.
Izoh (0)