Venesuelaning muxolif “Yangi zamon” partiyasi rahbari German Mavare noma’lum shaxslar hujumining qurboni bo‘ldi. U 6-may, jumaga o‘tar tunda Lara shtati markazi Barkisimeto shahrida otib ketildi, deb yozadi “TASS”.
Uning safdoshlari chuqur qayg‘udaligini bildirmoqda. Partiyaning Twitter’dagi rasmiy sahifasi orqali adolat va zo‘ravonlikni to‘xtatish talabi ilgari surildi. Hokimiyat vakillari hozircha bu borada rasmiy bayonot bilan chiqmadi.
Oxirgi yillarda Venesuelada jamoat xavfsizligi borasida jiddiy inqiroz kuzatilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2015-yilda qasddan uyushtirilgan qotilliklar miqdori 100 ming kishiga 58 holatni tashkil qildi. Nodavlat tashkilotlar bundan-da yuqoriroq sonlarni keltirmoqda.
Izoh (0)