Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1996-yilning aprel oyida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan qo‘shma korxona mamlakat aholisiga o‘sha vaqtda muloqot qilishning eng yangi standartlarini taklif qildi. COSCOM MChJ (TM Ucell) xorijiy korxonasi birinchi bo‘lib GSM 900/1800 texnologiyasi yordamida O‘zbekiston bozorida simsiz aloqa tizimi joriy qilishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniyaning 20 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan tantanali tadbir juda boy va ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan, uyali aloqa operatori chastotasida ilk bor qo‘ng‘iroq qilingan Samarqand shahrida o‘tkazildi.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Ushbu muhim voqea Samarqand shahrining eng hashamatli mehmonxonalaridan biri — Registon Plaza’da o‘tkazildi. Bu yerda kompaniyaning O‘zbekistondagi ilk qadamlarini eslash uchun uning bir necha eng birinchi mijozlari, avvalgi va hozirgi xodimlari, distribyutorlar, rasmiy kishilar, OAV — Ucell kompaniyasining do‘stlari jam bo‘ldi. O‘ziga xos bayram dasturi kompaniyaning O‘zbekistondagi shakllanish va rivojlanish tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan iliq xotiralar bilan kechadigan oilaviy uchrashuvga o‘xshab ketdi. Mehmonlar uchrashuvning haqiqiy qahramonlariga aylanib, o‘sha uzoq kunlar haqidagi xotiralari, uyali aloqa g‘ayrioddiy fantastik olam yaratganligi to‘g‘risidagi o‘z hissiyotlari bilan bajonudil o‘rtoqlashdi. Bu jarayonda o‘tmish va bugunni birlashtiradigan ajoyib taqdimot barchada yorqin taassurot qoldirdi. Uyali aloqa operatorlarining rivojlanish bosqichlari orqali mamlakat ana shu 20 yil davomida naqadar rivojlanib ketganligini kuzatib borish mumkin edi. O‘tgan davrga nazar tashlab, bugungi kunda Ucell internetidan foydalanayotgan mijozlar yanada qulay, tezkor, xavfsiz va qiziqarli aloqa tizimini qo‘llayotganiga amin bo‘ldi.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Botirjon Niyozov, 1998-yildan boshlab Ucell mijozi: “20 yil avval uyali aloqa qandaydir fantastik narsa bo‘lib ko‘ringan va men birinchilar qatorida ushbu kompaniyaning abonenti bo‘lganimdan juda baxtiyor edim. Men o‘shandagi hissiyotlarimni hanuz eslayman. Go‘yoki orzularim ro‘yobga chiqqanday bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida men o‘z SIM-kartamni biron marta o‘zgartirmadim va bugun sizlar bilan birga ekanligimga rahmat aytmochiman!”

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Tadbir davomida mehmonlar 2007-yil operator tarixidagi muhim bosqich bo‘lganini alohida e’tirof etdi. Kompaniyaning bosh aksiyadori bo‘lgan TeliaSonera Shvetsiya-Finlyandiya kompaniyasi uning infratuzilmasiga ham, xodimlarni rivojlantirish ishlariga ham jiddiy investitsiyalarni kirita boshladi. Ucell keng qamrovli texnik va texnologik yangilanish jarayonlarini boshlab yubordi. Natijada Ucell’ning muvaffaqiyatli brendi millionlab fuqarolarning qalbini zabt etdi va kompaniya bu yo‘lda muhim qadam qo‘ydi — uyali aloqani ziynat buyumidan har bir odam bahramand bo‘la oladigan aloqa vositasiga aylantirdi. Bugungi kunda uning qariyb 9 million mijozi mavjud.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Aleksandr Brilenko, Ucell kompaniyasining radio tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish guruhi rahbari: “2007-yilgacha kompaniyada atigi 600 mingta abonent va taxminan 400–500 ta asosiy stansiyalari mavjud bo‘lgan. Ucell kelganidan so‘ng faoliyat miqyosi keskin o‘zgardi. Yil davomida chindan ham yuzlab telekommunikatsiya stansiyalari foydalanishga topshirila boshlandi”.

Har bir inson foydalana oladigan internet, mintaqaning uzoq-yaqinligidan qat’iy nazar sifatli servis xizmatlari bilan bir qatorda, Ucell odamlar hayotini yanada obod qilish strategiyasiga sodiqligicha qolmoqda. Buning uchun kompaniya tarmoq faoliyatini yanada yaxshilash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tijorat ofislarini (mamlakat bo‘ylab 23 taga yetib ulgurdi!) yangilash, yo‘lovchilar transporti, xizmat ko‘rsatish sohasi, biznes tuzilmalari faoliyatidagi kundalik turmushni soddalashtiruvchi M2M qarorlariga (machine-to-machine) investitsiyalarini yo‘naltirmoqda.

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Toni Gryunberg, Ucell bosh direktori: “Bildirgan ishonchlari, birgalikda erishgan muvaffaqiyatlarimiz uchun barcha mijozlarimiz, sheriklarimiz va COSCOM / Ucell xodimlariga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman! O‘zlarining uyali aloqa operatorlari sifatida Ucell’ni tanlayotganlar bu soha mamlakatda yanada rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shayotgani va biz bilan birga odamlar hayotini yanada yaxshilashni istayotgani uchun bag‘rikeng insonlar ekanini albatta bilishi lozim. Mana shu samarali 20 yillik faoliyatimiz uchun sizlarga mingdan ming rahmat va aminmanki, eng yuksak muvaffaqiyatlarimiz hali oldinda!”

Foto: Ucell

Foto: Ucell

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnadi (video)
Sport
“Real” “Barselona”ga qarshi. Ispaniya Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi 
Mahalliy
O‘zbekiston qonunchiligida 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?