Xoms shahri chekka qismida yuz bergan terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Suriyaning Xoms shahri sharqiy qismida joylashgan Al-Muhrim tumanida sodir etilgan ikki karra terakt oqibatida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, shahar shifoxonasi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, o‘n nafardan ortiq yarador shifoxonaga joylashtirildi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, terrorchilar Al-Muhrim tumanidagi safarbarlik punkti yaqinida minalashtirilgan avtomobil va mototsiklni portlatib yuborgan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar