Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Norvegiya hukumati terrorchi Anders Breyvik hibsda saqlanayotgan sharoitlari bo‘yicha shikoyatlarning bir qismini asosli deb topgan Oslo sudi qarori ustidan apellyatsiya beradi. Bu haqda mamlakat adliya vaziriga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Vazir so‘zlariga ko‘ra, Norvegiya hukumati Breyvikning qamoqda saqlanish sharoitlari inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasini buzishi haqidagi fikrga qarshi.

Shu bilan bir vaqtda sud da’vogar shikoyatlarining qolgan qismini qondirishdan bosh tortdi. Masalan, Breyvikning uning pochta jo‘natish va qabul qilishi, shuningdek, qarindosh va yaqinlari bilan uchrashishi bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish haqidagi talabi bajo keltirilmadi.

Breyvik 2016-yilning martida sudga murojaat qilib, qamoqxonada unga nisbatan inson g‘ururini tahqirlaydigan munosabatda bo‘linayotgani ustidan shikoyat qilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi