“Vilyarreal”ga qarshi (3:0) Ispaniya chempionati 34-turida jarohat olgan “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 26-aprel kuni “Manchester Siti”ga qarshi (0:0) Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan fitnes-testdan o‘ta olmadi va o‘yinni o‘tkazib yubordi. Uchrashuvdan so‘ng portugaliyalik futbolchi Instagram’dagi sahifasiga o‘z suratini yuklab, muxlislarini taslim bo‘lmaslikka va ijobiy kayfiyatda bo‘lishga chaqirdi.
“Hech qachon taslim bo‘lma, ijobiy kayfiyatda bo‘l”, – deb yozdi futbolchi Instagram’dagi sahifasida.
Izoh qoldirgan muxlislarning aksariyati futbolchining tezroq sog‘ayib, safga qaytishini so‘ragan.
Qayd etish joiz, 4-may, chorshanba kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadigan “Real” – “Manchester Siti” o‘rtasidagi yarim final javob o‘yinida Ronaldu maydonga tushmasligi mumkin.
Izoh (0)