Bugun, 27-aprel kuni Xorazmda kino va teatr aktyori, O‘zbekiston xalq artisti San’at Devonov 84 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda, Xorazmdagi “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” yoshlar festivalida ishtirok etayotgan san’atkorlarning so‘zlariga tayanib, “Qalampir.uz” xabar berdi.
San’at Devonov 1932-yilning 9-may kuni Xorazmda tavallud topdi. U ijodiy faoliyatini Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatridan boshlab, keyinchalik Toshkentga keldi va hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘qidi, so‘ng O‘zbek davlat drama teatrida hamda Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrida ishladi.
U sahnada Gamlet, Alisher Navoiy va Tohir rollarini ijro eta oldi.
Shuningdek, San’at Devonov “Ulug‘bek yulduzi”, “Olovli yo‘llar”, “Maftuningman”, “Alpomish” kabi filmlarda rollar ijro etdi.
San’at Devonov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist hamda O‘zbekiston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.
Izoh (0)