Toshkent shahrida yoki viloyatida propiskadan o‘tganining birinchi yili davomida ajrashish qayd etilsa, er yoki xotin doimiy propiskadan mahrum bo‘ladi. Tegishli o‘zgartirish “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonunga kiritildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.
O‘zgartirish 25-aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan va 26-aprel kuni kuchga kirgan qonunda ko‘zda tutilgan.
Poytaxtda propiskadan o‘tish to‘g‘risidagi qonun 2011-yilda qabul qilingan edi. U Toshkent shahri va viloyatida propiskadan o‘tishi mumkin bo‘lgan fuqarolarning 12 toifasini nazarda tutadi, bular orasida Toshkent shahrida propiskaga ega shaxs bilan nikohdan o‘tganlar ham bor.
Izoh (0)