2015-yilning iyul oyida quyosh batareyalari buzilib qolgani uchun dunyo bo‘ylab parvozini to‘xtatgan Solar Impulse 2 samolyoti yana ishga tushdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Apparat Gavayida havoga ko‘tarilib, Kaliforniya tomon yo‘l oldi. Yo‘nalishning bu bo‘lagi 62 soat ichida bosib o‘tilishi kutilmoqda.
2015-yil 9-martida Abu-Dabidan dunyo bo‘ylab sayohatga jo‘nab, 3-iyulda Gavayiga yetib kelgan va nosozlik tufayli shu yerda qolgan quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 2016-yil 20-aprelida parvozini davom ettirishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)