Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kecha, 18-aprel kuni Filippin poytaxti Manila shahrida taekvondoning WTF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dmitriy Shokin (chapdan ikkinchisi).

Dmitriy Shokin (chapdan ikkinchisi).
Foto: MOQ matbuot xizmati

Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin va jahon chempionati sovrindori Jasur Boyqo‘ziyev himoya qildi.

Taekvondoda eng og‘ir sanalgan +87 kilogramm vazn toifasida bahs yuritgan Dmitriy Shokin o‘z vaznida dunyoning tengsiz sportchisi ekanini amalda yana bir bora isbotladi va Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Jasur Boyqo‘ziyev -87 kilogramm vazn toifasida Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ldi.

Jasur Boyqo‘ziyev (o‘ngdan birinchisi).

Jasur Boyqo‘ziyev (o‘ngdan birinchisi).
Foto: MOQ matbuot xizmati

Qayd etish joiz, Manila shahridagi taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati 20-aprel, chorshanba kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda