Uch nafar shveysariyalik Vyetnamda mototsikli buzilib qolgach, mahalliy tilni bilmagani sababli qiyin vaziyatga tushib qoldi. IconSpeak futbolkasi shu tariqa yaratildi, deb yozadi Thingx.
Ushbu futbolkaga 40 ta universal tasvirchalar majmui tushirilgan bo‘lib, u siz tilini bilmaydigan mamlakatga sayohat chog‘ida asqotadi.
“Biz til bilan bog‘liq to‘siqqa ko‘p bora duch kelganmiz, uni yengib o‘tish uchun qog‘oz parchasiga, xarita yoki yerga belgi, ramz yoki tasvirlarni chizib ko‘rsatishga to‘g‘ri kelardi, — deya o‘z ixtirosini izohladi Jorj, Stiven va Florian. — Shunda xayolimizga o‘zimiz bilan zarur tasvirlar yig‘indisini olib yurish g‘oyasi keldi, bizga kerakli narsani odamlarga tushuntirish uchun o‘sha tasvirni ko‘rsatish kifoya bo‘lardi. Biz tezda sayohatchilar uchun ma’lum bir darajada zarur bo‘lgan tasvirlar ro‘yxatini tuzishni boshladik”.
Izoh (0)