AQSh poytaxti yaqinidagi Enn-Erandel okrugida (Merilend shtati) joylashgan Baltimor—Vashington xalqaro aeroporti yaqinida 16-aprel kuni yengil vertolyot halokatga uchradi. Bu haqda, CBS telekompaniyasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, vertolyot temir yo‘lga qulab tushgan, shundan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan. Uning bortida bo‘lgan uch kishi tirik qolgan. Biroq ularning ahvoli haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Aeroport ma’muriyatining ma’lumotiga ko‘ra, hodisa muassasa faoliyatiga hech qanday ta’sir qilmagan, biroq ushbu hududdagi poyezdlar harakatida ushlanib qolishlar kuzatilmoqda.
Izoh (0)