Londonning “Chelsi” jamoasi himoyachisi Jon Terri oq qon kasalligidan vafot etgan 8 yoshli klub muxlisi Tommi Millerning oilasiga dafn marosimini o‘tkazish uchun moddiy yordam berdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Kembrijda istiqomat qiluvchi Tommi Miller oilasining yaqinlaridan biri Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Chelsi” jamoasi sardori Jon Terri bilan aloqaga chiqdi va ma’lum vaqtdan so‘ng 35 yoshli himoyachi 1 600 funt sterling ajratdi. Vafot etgan bolakayning onasi ushbu pulga o‘g‘li uchun maxsus qabr toshiga buyurtma berishini aytib o‘tdi.
Qayd etish joiz, o‘tgan yili Jon Terri va “Chelsi” klubining bir qator futbolchilari Tommi Miller bilan uchrashgan edi.
Izoh (0)