Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Volfsburg”ga qarshi (0:2) YeChL chorak final dastlabki o‘yinida uchralgan mag‘lubiyatga javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Murabbiy sifatida mag‘lubiyatga javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman. Shuning uchun o‘yinni tahlil qilib, nima yuz berganini aniqlashim kerak. Futbolchilarim bilan juda faxrlanaman. Aytishim mumkin bo‘lgani yagona gap bu – natija uchun men javobgarman”, – deydi Zinedin Zidan.
“Real” va “Volfsburg” o‘rtasidagi javob o‘yini 12-aprel, seshanba kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)