Xitoyning Sian An shahrida boks bo‘yicha Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmalari uchun Osiyo va Okeaniya mintaqalarining qo‘shma litsenzion turnirining final bellashuvlari davom etmoqda.
O‘zbekiston boks federatsiyasining Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilinishicha, -52 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Shahobiddin Zoirov xitoylik Xu Jianggunga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida raqibidan ustun keldi. Shu tariqa, Shahobiddin Zoirov Sian An shahrida o‘tayotgan musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, -69 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan O‘zbekiston vakili Shahram G‘iyosov final bahsida tailandlik Saylom Ardini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 31-mart kuni Shahobiddin Zoirov va Shahram G‘iyosov Rio–2016 Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan edi.
Mavzuga oid:
Izoh (0)