Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)ning Chempionlar Ligasi turnirini o‘tkazish formatini isloh qilish bo‘yicha aniq rejalari yo‘q, deb xabar beradi “TASS”.
The Telegraph nashri Chempionlar Ligasi turnirini o‘tkazish formati 2018/19-yilgi mavsumda o‘zgarishi mumkinligi haqida ma’lum qilgandi. Unga ko‘ra, musobaqa ishtirokchilari soni 32 tadan 16 tagacha qisqartirilishi ko‘rib chiqilmoqda.
“UEFA futbol masalalarida barcha manfaatdor tomonlar va klublar bilan doimiy aloqada bo‘lib kelmoqda. Musobaqa formatini o‘zgartirish borasidagi har qanday rejalar mazkur jarayonga bog‘liq barcha ishtirokchilar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda bizda turnirlar formatini isloh qilish bo‘yicha aniq takliflar yo‘q, biz musobaqalarning (2015–2018) boshlanish siklidamiz”, – deyiladi UEFA matbuot xizmati xabarida.
Izoh (0)