Shimoliy Koreya AQSh, Janubiy Koreya hamda shaxsan respublika prezidenti Pak Kin Xega javob urushi ochish bilan tahdid qildi. Bu haqda “Ryonxap” agentligiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Shu lahzadan boshlab Shimoliy Koreya armiyasi va inqilobiy kuchlari Qo‘shma Shtatlar va Pakning izdoshlarini adolat yo‘lida yo‘q qilish maqsadida javob urushiga hozirlik ko‘ra boshlaydi”, — deyiladi KXDR Koreyalararo munosabatlar qo‘mitasining bayonotida.
Koreya markaziy telegraf agentligi tarqatgan bayonotda AQSh va Janubiy Koreyaning “aqlsiz harbiy provokatsiyalari” Pxenyanning sabr kosasini to‘ldirib yuborayotgani, Pak Kin Xening Chonvade qarorgohi “bitta tugmaning bosilishi” bilan “olov va kul dengizi”ga aylanishi mumkinligi ta’kidlanadi.
Bu KXDRning birinchi tahdidi emas. Janubiy Koreya va AQShning hamkorlikdagi Key Resolve va Foal Eagle harbiy mashg‘ulotlari boshlanganidan buyon rasmiy Pxenyan ularga qarshi bir necha marta bayonot berdi.
Izoh (0)