Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Marsel” futbolchisi Matye Valbuenaga nisbatan tovlamachilik ishida aybdorlardan biri deb taxmin qilingan “Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema narkotiklar savdosi va pul yuvishda gumon qilinmoqda. Bu haqda, Fransiyaning Liberation nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Liberation

Foto: Liberation

Nashrning yozishicha, Fransiya bojxona xizmati futbolchining giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilar bilan aloqalariga qiziqib qolgan. Surishtiruv ishlari natijasida Benzema va uning atrofidagi bir qator kishilar giyohvand moddalar savdosiga aloqadorligi, shuningdek, Event BH kompaniyasining faoliyati shubhali ekanligini aniqlangan. Manbaning ta’kidlashicha, asosiy aksioneri Karim Benzema bo‘lgan bu kompaniya pul yuvish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, Benzema Valbuenadan uning ishqiy munosabatlari tasvirlangan shaxsiy videoyozuvni oshkor etmaslik uchun pul talab qilganlikda ayblanib, sudda ko‘rsatma bergan. Fransiya futbol federatsiyasi Valbuenani shantaj qilish ishi yuzasidan 2015-yilning dekabrida Benzemani terma jamoadan vaqtincha chetlashtirgandi.

Karim Benzema 2009-yildan buyon Madridning “Real” klubi sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum turli musobaqalar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi