Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga (XFT) a’zo va kuzatuvchi davlatlarning Toshkentdagi elchixona va vakolatxonalari joriy yilning 18-mart kuni birgalikda Frankofoniya bayramini nishonlaydi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan bayram fizika fakulteti binosida soat 14:00 da boshlanadi. Fransuz tili o‘qituvchilari, talabalar va fransuz tili ixlosmandlari Bolgariya, Misr, Fransiya, Gruziya, Chexiya, Ruminiya, Shveysariya va Ukraina elchixonalari tashkil etgan ko‘rgazmalarni tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi.
Bayram davomida, 17—18-mart kunlari Frankofoniyaga bag‘ishlangan turli-tuman o‘yinlar va tanlovlar tashkil etiladi.
Izoh (0)