“Barselona” jamoasi rahbariyati “Kamp Nou” stadionini rekonstruksiya qilish loyihasi ustida ishlagan arxitektorlar ishini namoyish qildi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.
Katalon klubi rahbarlarining rejasiga ko‘ra, yangilangan stadion 105 ming (ayni damda 99 ming) muxlisga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rekonstruksiya jarayoni joriy yilning yozida boshlanib, 2021-yilga qadar butunlay yakunlanishi rejalashtirilgan. “Kamp Nou”ning yangilanishiga 600 million yevro sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.
Rekonstruksiya vaqtida jamoa boshqa stadionga ko‘chib o‘tishi talab etilmaydi. Barcha qurilish ishlari asosiy ishlarning uzilishisiz amalga oshiriladi.
Mazkur loyihani moliyalashtirishning bir qismini stadion nomini vaqtincha sotib oladigan homiylar o‘z bo‘yniga oladi. Qolgan qismini esa teng taqsimlangan holda kreditorlar va klubning o‘zi to‘laydi.
Izoh (0)