Janubi-Sharqiy Osiyoning eng kambag‘al davlatlaridan bo‘lgan Kambodjaning hayoti aks etgan suratlar TravelAsk sayti tomonidan taqdim etildi.
Kambodja xalqi boy yashamaydi. Uylarning aksariyati chaylalardan farq qilmaydi. Odamlar to‘r belanchaklarda uxlaydi, oshxona esa ko‘chaga — ayvon tagiga olib chiqiladi. Hatto ba’zilar hojatxona o‘rnida butazorlardan foydalanadi. Bolalarga darslar maktablarda emas, omborxonalarda o‘tiladi. Odamlarning bir qismi daryolar, suvlar o‘rtasida yashab, qayiqda harakatlanadi. Kambodja poytaxti Pnompenda sartaroshlar, Hindistondagi kabi, ko‘chada xizmat ko‘rsatadi.
Yomg‘irlar mavsumida Kambodjaning ko‘pchilik qismi suv ostida qolib ketadi, shu bois uylar ostida ustunlar o‘rnatiladi.
Uylar ichiga belanchaklar o‘rnatiladi. Ular yotoq vazifasini bajaradi.
Kambodjada uylar kichkina va juda kichkina bo‘ladi. O‘ng burchakda — mehmonxona, oldingi qismida — oshxona, chap tomonda — dahliz. Shunday qilib, bitta uy 2x2 metr maydonga joylashadi.
Ba’zi oilalarning televizorlari bor.
Oshxona va boshqa qulayliklar uyga sig‘magani sababidan tashqariga olib chiqiladi.
Kambodjaliklar bunday oshxonalarda qo‘shnilar bilan suhbat qurib o‘tirishni yaxshi ko‘radi.
Yuk mashinalarida olib kelingan muzdan har bir kishi o‘ziga kerak parchani arralab oladi.
Yo‘l bo‘yidagi qahvaxona.
Mahalliy gipermarket.
Gipermarketning ichi.
Mashina deyarli hech kimda yo‘q, ko‘plar mopedda yuradi. Benzin plastik idishlarda sotiladi.
Qishloq maktabi.
Suv ustidagi qishloq. Uy yaqiniga baliq ovlovchi uskuna o‘rnatilgan. Unga to‘r ulanib, suvga tushirib qo‘yiladi.
Quruqlikda bo‘lganidek, suvdagilar ham belanchaklarda uxlaydi.
Kanallar bo‘ylab aholi qayiqlarda qatnaydi.
Bu esa poytaxt Pnompen.
Shaharda mashinalar deyarli yo‘q.
Simlar ko‘pligidan osmonning yarmi yopilib qoladi.
Shahar qahvaxonasi.
Sartaroshxona.
Izoh (0)