Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Telegram — bugungi kunda smartfonga o‘rnatilishi shart bo‘lgan mobil dasturdir. Vaziyat shu darajadaki, mobil qurilmaga Telegram’dan boshqa dasturni o‘rnatishning hojati ham yo‘q: unda barcha aloqalar ro‘yxati bor — tanishlaringga xohla matnli, xohla ovozli xabar yo‘lla; videolar va fotosuratlarni istagancha yuborib, istagancha qabul qil; yangilik kanallariga obuna bo‘lib, so‘nggi voqea-hodisalardan xabardor bo‘l; botlar bilan o‘yin o‘yna. Yoki uy sotib ol.

Foto: Uybor.uz

Foto: Uybor.uz

Ha, Telegram’dan foydalangan holda uy sotib olish yoki kvartira ijaraga olish ham mumkin. “Uybor.uz”ning aqlli @uybor_bot boti bu masalada tengi yo‘q yordamchiga aylanadi. Biz avvalroq bu bot haqida yozgandik. Chaqaloq vaqt o‘tgani sayin yangi bilimlarni o‘zlashtirib, dunyoni tanib borgani sari, @uybor_bot ham zamon bilan hamnafas bo‘lib, yanada aqlli va mukammal ko‘rinish olmoqda.

Dastlab u faqat rus tilida gaplashardi. Lekin Siz Telegram’da asosan o‘zbek tilida muloqot qilishingizni ko‘rib, endi o‘zbek tilida ham e’lonlarni yubora oladigan bo‘ldi. Agar Siz “Uybor.uz”ning botidan birinchi marta foydalanayotgan bo‘lsangiz, u rus tilida murojaat qiladi — “Настройки” (“Sozlash”) bo‘limiga o‘tib, botni o‘zbek tilida gapiradigan qilish mumkin.

@uybor_bot’ga birinchi marta chiqadigan oyna (1), “Настройки” tugmasi bosilganidan keyin chiqadigan oyna (2) va “bayroqchalar”ni bosgandan keyin chiqadigan til tanlash menyusi (3)

@uybor_bot’ga birinchi marta chiqadigan oyna (1), “Настройки” tugmasi bosilganidan keyin chiqadigan oyna (2) va “bayroqchalar”ni bosgandan keyin chiqadigan til tanlash menyusi (3)

Ha-ya, @uybor_bot endi ishga tushgan vaqtda unda “Sozlash” bo‘limi yo‘q edi. Mazkur bo‘limda nafaqat bot tilini o‘zgartirish, balki Sizga bittada yuboriladigan e’lonlar sonini 20 tagacha ko‘paytirish, e’lonlarni veb ko‘rinishli qilish, shuningdek, obunani bekor qilish mumkin. Obuna — @uybor_bot’ning yangi versiyasidagi eng foydali yangi imkoniyatlardan biridir.

@uybor_bot o‘zbekcha bo‘lganidan keyin ko‘rinadigan menyu (1) va “Sozlash” bo‘limining ichidagi menyu (2)

@uybor_bot o‘zbekcha bo‘lganidan keyin ko‘rinadigan menyu (1) va “Sozlash” bo‘limining ichidagi menyu (2)

Deylik, Siz Yunusobod tumanidan bir oylik ijara narxi 150 shartli birlik bo‘lgan bir xonali xonadonni ijaraga olmoqchisiz. “Ijara” bo‘limiga kirib, narx oralig‘i, zarur tuman, xona soni bo‘yicha kerakli so‘rovlarni kiritib, “Ko‘rsatish”ni bosdingiz va Sizga “Uybor.uz” saytidagi beshta mos e’lon ko‘rsatildi. “Keyingi e’lonlar” tugmasini bosib, yana beshta e’lonni ko‘rdingiz.

@uybor_bot’ning “Ijara” bo‘limidagi takliflar — “Kvartira”, “Uy”, “Ofis” (1), masalan, ijara olinadigan kvartira belgilari — narxi, qaysi tumanda joylashgani, xonalar soni va boshqalar (2), ko‘rsatilgan dastlabki beshta e’lon va keyingi e’lonlarni ko‘rsatish va yangi e’lonlarga obuna bo‘lish tugmalari (3)

@uybor_bot’ning “Ijara” bo‘limidagi takliflar — “Kvartira”, “Uy”, “Ofis” (1), masalan, ijara olinadigan kvartira belgilari — narxi, qaysi tumanda joylashgani, xonalar soni va boshqalar (2), ko‘rsatilgan dastlabki beshta e’lon va keyingi e’lonlarni ko‘rsatish va yangi e’lonlarga obuna bo‘lish tugmalari (3)

Ba’zan shunaqasi ham bo‘ladi: ketma-ket 30 ta e’lonni ko‘rib chiqasiz, hatto e’lon beruvchilarning uch-to‘rt nafari bilan telefonlashasiz ham, lekin hech biri ma’qul kelmaydi. Endi: “Oradan bir-ikki kun o‘tib yangi e’lonlar qo‘shilar, o‘shanda yana izlab ko‘raman”, — deb o‘ylash shart emas, shunchaki “Keyingi e’lonlar”ning ostidagi “Obuna” tugmasini bosib qo‘ysangiz kifoya — “Uybor.uz” saytiga so‘rovlaringizga mos e’lon qo‘shilishi bilan bot uni Sizga yetkazadi.

Obuna haqida xabar

Obuna haqida xabar

Kvartira ijaraga olish yoki uy sotib olish — Telegram’dagi @uybor_bot taklif qilayotgan keng imkoniyatlardan biri, xolos. Mazkur bot Telegram’dan chiqmasdan turib yangi ofis topish, uni ijara yoki sotilish narxlari bilan tanishish, shinam va keng hovlilarning narxi qanday bo‘layotgani haqida boxabar bo‘lish, maqbul e’lonni yaqinlar bilan bo‘lishish imkonini ham taqdim etadi.

Istiqomat va ish uchun zamonaviy va muhtasham uy va ofislarni “Uybor.uz” bilan birga, ilg‘or va aqlli texnologiyalardan foydalangan holda izlang!

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi