Moskva g‘arbida trolleybusga chiqib, uning tutqichidan ushlagan 17 yoshli qizni kuchli elektr toki urdi. Shundan so‘ng u kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda shahar favqulodda xizmatlaridagi manba tayanib, “Interfaks” xabar bergan.
“Mosgortrans” davlat unitar korxonasi matbuot xizmatining bildirishicha, trolleybus yo‘nalishdan olingan va himoyalash tizimini qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish uchun yuborilgan.
Moskva shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Minsk ko‘chasida 2-mart kuni shikastlanish olingani munosabati bilan tekshiruv olib borilmoqda, uning natijalaridan kelib chiqib, qonunchilikka binoan qaror qabul qilinadi”.