Kremldagilar AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirgani yuzasidan afsus bildirdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirish qarorini Kremlda qanday qabul qilishdi, degan savolga: “Afsuslangan holda”, — deya javob berdi.
Nashr eslatishicha, avvalroq AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaga nisbatan 2014-yilda Ukrainadagi voqealar tufayli kiritilgan sanksiyalar amal qilish muddatini yana bir yilga uzaytirgan edi.
Izoh (0)