Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Moskvada Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlangan marshda 24,2 ming kishi ishtirok etdi. Bu haqda tadbir qatnashchilari hisob-kitobi bilan shug‘ullangan “Oq hisoblagich” (“Beliy schyotchik”) tashkiloti vakillari ma’lum qilgan, deya xabar beradi Meduza.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Politsiya vakillarining ta’kidlashicha, tadbir chog‘ida favqulodda holatlar ro‘y bermagan, ishtirokchilar soni esa 7,5 ming kishini tashkil etgan.

2015-yilning 27-fevralida o‘ldirilgan siyosatchi Boris Nemsov xotirasiga bag‘ishlab Rossiyaning turli shaharlarida xotira aksiyalari o‘tkazildi. Moskvadagi marsh ishtirokchilari rasmiylar bilan 50 ming kishigacha bo‘lgan aksiyani kelishgandi.

Oldinroq Interpol bosh kotibiyati siyosatchining qotilligini tashkil qilganlikda gumonlanayotgan Ruslan Muhiddinovni qidiruvga bergani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi