O‘zbekistonda mobil aloqa vositalari o‘rtasida mashhurlik jihatdan Samsung kompaniyasi smartfonlari birinchi o‘rinlarda turadi. Ayniqsa Galaxy A smartfonlarining sotuvga chiqarilishi kompaniya mahsulotlariga bo‘lgan talabni yanada oshirib yubordi. Shu munosabat bilan “Mobinfo.uz” sayti Toshkent bozorlarida turli rusumdagi Samsung smartfonlarining o‘rtacha narxi haqida ma’lumot to‘pladi.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga qaraganda, smartfonlar quyidagi narxlarda sotilmoqda:
Samsung Galaxy A7 (2016) – 2,4 million so‘m;
Samsung Galaxy A5 (2016) – 2,1 million so‘m;
Samsung Galaxy A3 (2016) – 1,5 million so‘m;
Samsung Galaxy A7 (2014) – 2,1 million so‘m;
Samsung Galaxy A5 (2014) – 1,6 million so‘m;
Samsung Galaxy A3 (2014) – 1,2 million so‘m;
Samsung Galaxy S6 – 2,8 million so‘m;
Samsung Galaxy S6 Edge – 3,4 million so‘m;
Samsung Galaxy S6 Edge Plus – 4,3 million so‘m;
Samsung Galaxy S5 Duos – 2 million so‘m;
Samsung Galaxy J7 –1,4 million so‘m;
Samsung Galaxy J5 – 1 million so‘m;
Samsung Galaxy J2 – 750 ming so‘m;
Samsung Galaxy J1 Ace – 535 ming so‘m.
Ma’lumotlar poytaxtning “Fleshka” bozoridagi 2016-yil 21-fevral holati bo‘yicha berilgan.
Ro‘yxatda keltirilgan qurilmalarni ko‘rsatilgan narxlarda sotib olishga “Daryo” nashri kafolat bermaydi. Qurilmalar va ularning narxlari haqidagi axborot faqat tanishish uchun taqdim etilgan.
Izoh (0)