Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning AZUR air aviakompaniyasiga tegishli, “Moskva — Pxuket (Tailand)” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan Boeing-767-300 samolyoti 26-fevral, juma kuni mahalliy vaqt bilan 5:38 da Toshkentda majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Rossiyaning G‘arbiy Sibir transport prokuraturasi saytida xabar berilgan.

Foto: Flickr / Jordi Plantalech i Sirvent

Foto: Flickr / Jordi Plantalech i Sirvent

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari Akmal Akbarov AZUR air aviakompaniyasi samolyoti Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘nganini “Daryo”ga tasdiqladi.

Dvigateldagi moyning past darajasi datchigi ishlab ketgani sabab, samolyot Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Xabar berishlaricha, samolyot bortida 327 yo‘lovchi bo‘lgan.

AZUR air aviakompaniyasi yo‘lovchilarni Toshkent vaqti bilan 16:00 da manzilga yetkazish uchun ikkita zaxira Boeing-757-300 samolyotlarini ajratishni rejalashtirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi