Rossiya Davlat Dumasi muhokamasiga “Axborot, axborot texnologiyalari va axborot himoyasi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish loyihasi kiritildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Taklif qilinayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq, axborot to‘playdigan, qayta ishlaydigan va tarqatadigan internet resurslari – yangilik agregatorlariga nisbatan alohida huquqiy rejim joriy etish ko‘zda tutiladi.
Rejim kuniga 1 milliondan ortiq foydalanuvchi kiradigan agregatorlarga nisbatan amal qiladi. Shu tariqa, birinchi galda “Yandeks” va Google agregatorlari “tarqatilayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik axborotning haqqoniyligini sinchiklab tekshirish”ga majbur bo‘ladi.
Qonun loyihasi qabul qilingan taqdirda, yirik agregatorlar ommaviy axborot vositalariga tenglashtiriladi.
Izoh (0)