Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda Suriya hududida Turkiya va arab mamlakatlari qo‘shinlari yo‘q. Bu haqda Moskvaga tashrifi arafasida Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Nabil al-Arabiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Nabil al-Arabiy.

Nabil al-Arabiy.
Foto: AP

“Hozirgi kunda Suriya hududida turk yoki arab qo‘shinlarini ko‘rayotganimiz yo‘q. Farq shundaki, davlat darajasida Suriyada arab kuchlari mavjud emas. Faqat amaldagi tuzumga qarshi chiqqanlarni chetdan qo‘llab-quvvatlaganlar bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Arabiy.

Bosh kotib biron bir tomonning Suriyaga quruqlikdan bostirib kirish rejalari to‘g‘risida bilmasligini ma’lum qildi. “Qanday harbiy bosqin? Hech qanaqa hujum bo‘layotgani yo‘q. Ligada hech kim, jumladan, men ham bu haqda bilmayman. Shunisi ham borki, quruqlikdagi operatsiyani boshlash to‘g‘risida kimdir reja tuzatayotgan bo‘lsa, bu haqda ligani ogohlantirmaydi”, deya ma’lum qilgan u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi