Putin telefon muloqoti chog‘ida Saudiya qirolini Rossiyaga taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz al-Saud bilan telefon orqali muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Kremlning rasmiy saytidagi ma’lumotga tayanib, “RBK” axborot berdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbari Suriya inqirozining tez orada bartaraf etilishidan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada barqarorlik o‘rnatilishiga umid bildirdi.
Shuningdek, Putin yana bir bora Saudiya Arabistoni qirolini Rossiyaga taklif qildi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar