Vladimir Putin
Rossiya prezidenti, Forbes’ning 2015-yilgi eng nufuzli shaxslar global reytingida 1-o‘rinda.
1975-yilda Leningrad universitetining yuridik fakultetini, 80-yillar boshida KGB oliy maktabini bitirgan.
“Vladimir Putin maktabni tamomlamasdan burun razvedkada ishlashni niyat qilgan. Qanday qilib razvedkachi bo‘lish mumkinligini bilish maqsadida u KGB boshqarmasi qabuliga borgan. U yerda dastlab armiyada xizmat qilish yoki universitetni, yuridik fakultetni tamomlash kerakligini bilib olgan”, – deyiladi uning Kreml saytidagi rasmiy tarjimai holida.Bill Geyts
Microsoft asoschisi, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 79,2 milliard dollar bilan 1-o‘rinda.
1973-yilda yuridik fakultetga o‘qishga kirgan, ammo birinchi kursni tamomlaganidan so‘ng dasturlash bilan shug‘ullanishni tanlagan. 1974-yilda universitetni tashlab ketgan.
Garvardda Stiven Balmer bilan tanishgan. Keyinchalik unga Microsoft bosh direktori lavozimini bo‘shatib bergan.Barak Obama
AQShning 44-prezidenti, Forbes’ning 2015-yilgi eng nufuzli shaxslar global reytingida 3-o‘rinda.
1983-yilda Kolumbiya universitetida siyosatshunoslik bakalavri ilmiy darajasini olgan, 1991-yilda Garvard huquq maktabida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetiga kirganiga qadar Los-Anjelesdagi Oksidental-kollejda ikki yil o‘qigan. U yerda bo‘lajak prezident siyosatshunoslikni o‘rgangan.Mark Sukerberg
Facebook asoschisi, prezidenti va bosh direktori. 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 33,4 milliard dollar bilan 16-o‘rinda.
2002-yilda Garvard universitetigning psixologiya fakultetiga o‘qishga kirgan, bir paytning o‘zida dasturlash kurslariga qatnay boshlagan. 2004-yilda universitetni tashlab ketgan.
Universitetning Alpha Epsilon Pi yahudiy birodarligi a’zosi bo‘lgan.Nikolya Sarkozi
Fransiyaning 23-prezidenti.
Parijdagi X–Nanterr universitetida o‘qigan, 1978-yilda huquq magistri, 1979-yilda siyosatshunoslik magistri darajasini olgan.
Shuningdek, Parij siyosiy tadqiqotlar institutida o‘qigan, ammo diplom olmagan. Aytilishicha, u barcha imtihonlardan yaxshi o‘tgan, ammo ingliz tilidan yomon natijalar ko‘rsatgan.Vladimir Potanin
“Interros” guruhining asoschisi va prezidenti (fotoda o‘ng tomonda), 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 15,4 milliard dollar bilan 60-o‘rinda.
1983-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan.Mixail Fridman
“Alfa-grupp” va Letter One konsorsiumining asosiy xo‘jayini, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 14,6 milliard dollar bilan 68-o‘rinda.
Mutaxassisligi: Moskva po‘lat va eritmalar institutining rangli metallar fakultetini tamomlagan.
Moskva fizika-texnologiya institutiga ketma-ket ikki yil hujjat topshirgan, ammo yahudiy bo‘lgani uchun ikki marta ham o‘ta olmagan. Po‘lat va eritmalar institutini bitta sabab bo‘yicha tanlagan – o‘zining aytishicha, “chunki u yer o‘sha vaqtda urf bo‘lgan ‘oyoqli’ bino edi, Moskvaning markazida edi, ajoyib Madaniyat uyi bor edi”.Bill Klinton
AQShning 42-prezidenti, Forbes’ning 2015-yilgi eng nufuzli shaxslar global reytingida 64-o‘rinda.
1968-yilda Jorjtaun universitetining Edmund Uolsh maktabida xalqaro munosabatlar bo‘yicha bakalavr darajasini, 1973-yilda Yel universitetining huquq maktabida doktorlik darajasini olgan.
Jorjtaun universitetidan so‘ng Klinton Oksford universitetiga kirish uchun nufuzli Rods stipendiyasi sohibi bo‘lgan, u yerda siyosatshunoslik, falsafa va iqtisodiyotni o‘rgangan, ammo o‘qishni tamomlamagan. 1969-yilda, Oksford universiteti talabasi bo‘lganida, Vyetnam urushini to‘xtatish bo‘yicha kampaniyada ishtirok etgan.Viktor Vekselberg
“Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi raisi, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 14,2 milliard dollar bilan 73-o‘rinda.
1979-yilda Moskva temiryo‘l transporti muhandislari instituti Avtomatika va hisoblash texnikasi fakultetini tamomlagan.
Bo‘lajak biznes hamkori Leonard Blavatnik bilan kursdosh bo‘lgan. Qolgan hamkorlari – Vladimir Kremer va Yevgeniy Olxovik bilan ham o‘sha universitetda tanishgan.Jeff Bezos
Amazon.com asoschisi va bosh direktori, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 34,8 milliard dollar bilan 15-o‘rinda.
Fizika bilan shug‘ullanishni xohlagan, lekin 1986-yilda Prinston universitetini elektrotexnika va informatika bakalavri darajasi bilan tamomlagan.
Phi Beta Kappa va Tau Beta Pi nomli nufuzli talabalar klublari a’zosi, shuningdek, Students for the Exploration and Development of Space (“Talabalar fazoni tadqiq etish va rivojlantirish tarafdorlari”) xalqaro tashkilotining Prinston bo‘limi prezidenti bo‘lgan.Oleg Deripaska
UC Rusal prezidenti va “Bazoviy element” kuzatuv kengashi raisi, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 6,2 milliard dollar bilan 230-o‘rinda.
1993-yilda Moskva davlat universiteti fizika fakultetini, 1996-yilda Plexanov nomli Rossiya iqtisodiy akademiyasini tamomlagan.
MDUning mexanika-matematika fakultetiga hujjat topshirishni istagan, ammo tasodifan fizika fakulteti qabul komissiyasi oldiga kirib qolgan va, o‘zining ta’kidlashicha, “chiqib ketish noqulay bo‘lgan”.Pyotr Aven
“Alfa-bank” direktorlar kengashi raisi, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 5,1 milliard dollar bilan 301-o‘rinda.
1977-yilda Moskva davlat universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan.
Akademik Shatalinning talabasi bo‘lgan. Shatalin keyinchalik aspiranturada Aven va Yegor Gaydarning ilmiy rahbari bo‘lgan.Donald Tramp
Tijoratchi va siyosatchi, 2015-yilgi dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida 4,5 milliard dollar bilan 405-o‘rinda.
1968-yilda Pensilvaniya universitetidagi Uorton moliya maktabida iqtisodiyot bakalavri darajasini olgan. Unga qadar Nyu-Yorkdagi Fordxem universitetida o‘qigan.
Yoshligida Tramp harbiy bo‘lishi mumkin edi — 13 yoshida ota-onasi uni Nyu-York harbiy akademiyasiga o‘qishga bergan. U yerda bo‘lajak milliarder o‘zini yaxshi yetakchi va sportchi sifatida ko‘rsata olgan. U 1964-yili o‘qishga kirgani Fordxem universiteti ham harbiy ta’lim beradi.Hillari Klinton
AQShning sobiq birinchi xonimi va davlat kotibi, Forbes’ning 2015-yilgi eng nufuzli shaxslar global reytingida 58-o‘rinda.
1970-yilda Uelsli-kollejda siyosatshunoslikni, 1973-yilda Yel universitetida yuridik fakultetni doktorlik darajasi bilan tamomlagan.
1971-yilda Hillari Rodem kursdoshi Bill Klinton bilan uchrasha boshlagan. Ular 1973-yilda turmush qurgan.
Izoh (0)