Apple korporatsiyasi iOS 9.2.1 operatsion dasturining tuzatilgan versiyasini chiqardi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasiga asoslanib, “Vedomosti” yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 6’ning yangilangan operatsion dasturida error 53 (“53-xato”) nomini olgan bir nuqson bo‘lgan: smartfon boshqa servisda ta’mirlanganida uskuna qulfga tushib qolgan.
Korporatsiyaning rasmiy saytida bunday muammoga duch kelgan foydalanuvchilar uchun yo‘l-yo‘riq berilgan ko‘rsatmalar chop etildi. Shunda ham telefoni ochilmaganlarga esa xizmat ko‘rsatish nuqtalariga murojaat etish tavsiya qilindi.
Izoh (0)