AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning 22 yoshli qizi Tiffani Tramp ilk bor model sifatida podiumga chiqdi. Bu haqda People nashri ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, uning chiqishi Nyu-Yorkdagi moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan. Tiffani Tramp New-York Fashion week doirasida Just Drew zamonaviy brendi mahsulotini namoyish qilgan.
Nashrning ta’kidlashicha, ushbu brend bilan qizning do‘sti, dizayner Endryu Uorren ham hamkorlik qiladi.
Kollejning yosh talabasini qo‘llab-quvvatlash uchun uning onasi Marla Meyplz va NSYNC’ning sobiq qatnashchisi Lens Bass tadbirga kelgan. Donald Tramp tadbirda ishtirok etmaganligiga qaramasdan, Tiffani ota-onasi doim uni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)