Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Xaddod bergan bayonotga ko‘ra, “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkilotiga tegishli, Damashqdan 140 km narida, Idlib viloyatida joylashgan shifoxonaga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari tomonidan bomba tashlangan. Bu haqda Meduza yozmoqda.

Foto: “RIA Orenburjye”

Foto: “RIA Orenburjye”

“Gospitalni AQSh harbiy-havo kuchlari vayron qildi, – dedi diplomat. – Rossiya havo-kosmik kuchlari bunga mutlaqo aloqador emas. Buni olingan razvedka ma’lumotlari ko‘rsatmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15-fevral kuni, “Chegara bilmas shifokorlar”ning Idlib viloyatidagi davolash punkti bombardimon qilingandi. Matbuotda norasmiy ma’lumotlarga tayanilgan holda bu ish Rossiya samolyotlari tomonidan amalga oshirilgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi