Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple tomonidan iPhone 7 smartfoni uchun A10 chiplarini yagona yetkazib beruvchi sifatida tanlangan Tayvanning TSMC kompaniyasi kuchli zilzila tufayli jiddiy zarar ko‘rdi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Zarar ko‘lami hali aniqlanganicha yo‘q.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

6-fevral kuni erta tongda yuz bergan 6,4 balli zilzila oqibatida chiplar ishlab chiqaruvchi Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) shunchalik jiddiy zarar ko‘rdiki, kompaniya olti kundan keyingina zarar haqidagi dastlabki hisobotini e’lon qildi. Unda mahsulotlarga ziyon yetgani, zarar esa taxmin qilinganidan ancha kattaroq ekanligi aytiladi. Dastlabki hisobotda keltirilgan ma’lumotlar tufayli kompaniya joriy chorak davomida kremniyli plastinalar ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tayvan orolida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 115 kishiga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?