Tailandda sigaret chekishni tashlamoqchi bo‘lganlarga yordam beradigan maxsus smartfon dasturi ishlab chiqildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Dastur smartfon egasiga tamaki chekishdan voz kechishga qaror qilganligini har xil yo‘llar bilan eslatib, uning qat’iyatini oshirib turadi.
Ma’lum qilinishicha, dastur iOS va Android foydalanuvchilari uchun bepul bo‘lib, kashandaga qaramlikdan qutilish uchun foydali maslahatlar berib turadi.
Chekishni tashlovchilar kun davomida chekilgan sigaretalar sonini qayd etib borib, tashlash jarayoni bilan tanishib turadi.
Izoh (0)