O‘zbekistonlik Sabina Najmiddinova va Rustam Xametov Rigada yanvar oyining oxirida bo‘lib o‘tgan “Oltin Karl” xalqaro sirk festivalida “Kumush Karl”ni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Toshkent sirki ma’lumoti asosida “Gazeta.uz” xabar beradi.
Hisob bo‘yicha oltinchi festivalda 15 ta mamlakatdan 60 dan ortiq vakil ishtirok etdi. “Kumush Karl” mukofotini o‘zbekistonliklardan tashqari rossiyalik Tatyana Ojiganova va Denis Remnyov, shuningdek, ukrainalik Nazar Skaladaniy ham qo‘lga kiritdi.
Tanlov Gran-prisini rossiyalik akrobatlar Viktoriya Bilyauer va Konstantin Gvozdetskiy egalladi. “Oltin Karl” esa Rossiya vakillari Natalya Rukol va Yuriy Volkov, Germaniyadan Benedikt Baumann va Ruminiyadan Tyudor Livyuga nasib etdi.
Izoh (0)