“Barselona” yarim himoyachisi Andres Inyesta Ispaniyaning 2015-yildagi eng yaxshi erkak sportchisi deb topildi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Futbolchi o‘ziga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
“Men uchun ovoz bergan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu sovrinni omadli kunlarimda ham, og‘ir kunlarimda ham menga ishongan insonlarga bag‘ishlayman. Bu sovrin yaxshi mehnatlar samarasi bo‘ldi. Yil ertaknamo o‘tdi. G‘alaba qozonish va uni takrorlash juda qiyin. Biz yana g‘alabalar qozonishda davom etmoqchimiz”, — deydi Inyesta.