Britaniyada 63 yildan beri uzluksiz ishlab chiqilgan Land Rover Defender rusumli avtomashinasining so‘nggi nusxasi 29-yanvar kuni konveyerdan chiqarildi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 1948-yildan buyon ikki milliondan ziyod yo‘ltanlamas Land Rover Defender avtomashinasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, Britaniya qirolichasi Yelizaveta II uning mashhur egalaridan biri hisoblanadi.
Angliyaning Solixall shahrida joylashgan zavodda asosan qo‘lda teriladigan oddiy rusumdagi bir dona avtomashinani ishlab chiqarish uchun 56 soat sarflanadi. Bu bilan ko‘plab boshqa avtomashinalarni avtomatika yordamida ishlab chiqarishga qaraganda ancha ko‘p vaqt sarflanib, ishlab chiqarish bir necha barobarga qimmatga tushmoqda.
Izoh (0)