Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2015-yilning 28-sentabrida Google.com domenini tasodifan sotib olgan Sanmey Vedni Google kompaniyasi xatolikni aniqlagani uchun 6006,13 dollar bilan mukofotladi, deya xabar bermoqda “Vc.ru”. Ushbu summa ortida kompaniya nomi bilan bog‘liq hazil yashiringan.

Sanmey Ved. Foto: Business Insider

Sanmey Ved. Foto: Business Insider

“Biz Vedga taqdim etgan kompensatsiya 6006,13 dollarni tashkil etdi — bu yozuvda Google’ga o‘xshab ketadi. Sanmey uni xayriyaga topshirmoqchi ekanligini bilganimizdan so‘ng mablag‘ni ikki karra oshirdik”, — deyiladi Google xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ved Google Domains servisi orqali yangi domen qidirayotganida tasodifan Google.com domeni bo‘sh ekanligini payqab qoladi (tizimdagi xatolik tufayli) va 12 dollar evaziga uni xarid qiladi. Shundan so‘ng Sanmeyga Google.com domeni egasi ekanligini tasdiqlovchi elektron xat keladi. Vedning ta’kidlashicha, bir daqiqa davomida saytni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Bu muddat o‘tgach, Google Domains oldi-sotdini bekor qiladi va xaridorga pulini qaytaradi.

Yigit Google taqdim etgan mukofotning aniq summasini aytmagan, biroq u 10 ming dollardan ziyodligini ta’kidlagan edi. Ved barcha mablag‘ni Hindistonning eng qashshoq hududlarida ta’lim huquqi uchun kurashadigan The Art of Living India tashkilotiga xayriya qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda